Navoiy Ishonch Gilam
loading...
NIG Yomg'irlama

Yomg’irlatib sug’orish – suvni tuproq yuzi (satxi) va o’simlikka maxsus mashina, qurilma va agregatlar yordamida sun’iy yomg’ir shaklida yetkazib berish hisoblanadi. Yomg’irlatib sug’orishni qo’llash orqali qishloq xo’jalik ekini talabidan kelib chiqqan xolda suvni berish natijasida o’simlik faol qatlamida maqbulnamlik yaratiladi. Buning oqibatida o’simlik uchun zarur bo’lgan suv-xavo-zuqa va tuz tartiboti muvozanati ushlab turiladi.

sprinkler 6lqhdpY
Yomg’irlatib sug’orish

Yomg’irlatib sug’orish usulining quyidagi afzalliklari mavjud, bular:

  • Sug’orish me’yorini kamaytirish yoki ko’paytirish orqali tuproqning namlanish chuqurligini o’zgartirish (ekin talabidan kelib chiqqan xolda).
  • Havoning yer usti qatlamidagi nisbiy namligini oshirish.
  • Nisbiy namlikni oshirish orqali havo haroratini pasaytirish.
  • Ekinlarni sovuq urmasligini ta’minlashi.
  • Suvni dala bo’ylab bir tekisda taqsimlanishi (sug’oriladigan yer relefiga talab qo’yilmasligi).
  • Sug’orish egatlari va o’q ariqlarni qurishga zaruriyatning yo’qligi.
  • Sug’orish suvi bilan mineral o’g’itlarni berish mumkinligi.
  • Suv tejamkor ishlatilishi.
  • Erdan foydalanishning yuqoriligi.
  • Suvdan foydalanish samaradorligining oshishi va boshqalar.
  • Suv tejamkor sug’orish texnologiyalari.
расим сайт 1
Yomg’irlatib sug’orish tizimi NIG

Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda asosiy suv manbalari hisoblangan Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasiga oqilona yondashuv davrning asosiy talablaridan biri bo’lib turibdi. Suv resurslari O’zbekiston uchun nafaqat aholi, sanoat va sug’orma dehqonchilikni obi-hayot bilan ta’minlaydigan manba, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, qolaversa, butun mintaqamizning ekologik muvozanatini saqlab turuvchi muhim omildir.

Shu bois O’zbekiston mustaqillik yillarida suvdan oqilona foydalanishga katta e’tibor qaratib kelmoqda, qishloq xo’jaligini isloh qilishda ham mazkur masalaga ustuvor ahamiyat berilayapti. Xususan, O’zbekistonda Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo davlatlar orasida birinchilardan bo’lib «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. Unga binoan, suvdan samarali va tejamli foydalanishni tashkil etish maqsadida suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining majburiyatlari yanada oshirildi.

Qonun talablari asosida yurtimizda qishloq xo’jaligining ko’p suv talab etuvchi tarmoqlari sezilarli darajada qisqartirildi, sohaga suvni tejashga qaratilgan ko’plab yangi texnologiyalar joriy etilmoqda.

Suv resurslaridan samarali foydalanishni taminlash maqsadida NIG kompaniyasi ham Yevropa standartlariga mos, yuqori samarali yomg’irlatib sug’orish tizimlarini ishlab chiqarmoqda. Hozirda ishlab chiqariladigan yomg’irlatib sug’orish tizimi viloyatimizgagi dexqon va fermer xo’jaliklariga yetkazib berilmoqda. Yomg’ilatib sug’orish tizimi o’zimizning viloyatda ishlab chiqarilishining hisobiga tan narxning ham tushishiga olib kelgan.

ПОСМОТР
БЛИЗКО