Navoiy Ishonch Gilam
loading...
NIG

Yangi xonadoni qanday ishonchli tanlash kerak?

Yangi qurilayotgan xonadonlarni tanlashda judda ko’plab omilarga etibor berish kerak. Bularning ichida eng keraklisi siz tanlayotgan kampaniyaning ishonchliligidadir. Agar siz tanlovda adashadigan bo’lsangiz bu sizga judda qimatga tushishi mumkin. Biz sizga tanlovda adashmasligingiz va firibgarlarning tuzog’iga tushmasligingiz uchun bir qancha tafsiyalarni bermoqchimiz.

Qurilish kompaniyasining Davlat xizmatlari agentligidan biznesni ro’yxatdan o’tqazganligi

Har qanday turdagi biznes davlat ro’yxatidan o’tqaziladi va tashkilotga faoliyat ko’rsatishi uchun sertifikat taqdim etiladi. Tashkilotni Davlat soliq qo’mitasi tomonidan berilgan soliq raqami (INN, Stir) orqali barcha ma’lumotlarni bilishingiz mumkin. Tashkilotning soliq raqamini va Sertifikatni xonadon xarid qilishdan oldin taqdim etishni va Davlat statistika qo’mitasining rasmiy web sahifasi Davlat statistika qo’mitasi orqali barcha taqdim etilgan ma’lumotlarni xaqiqiyligini tekshiring.

Faoliyat yuritayotgan kompaniyaning ichonchliligi

Siz tanlagan kompaniyaning ishonchliligini uning faoliyati davomiyligiga ham axamiyat bering. Faoliyat yuritayotgan kampaniya davo qilayotgan davomiylik vaqtini yuqorida aytib o’tgan Davlat statistika qo’mitasining web sahifasidagi ma’lumotlar bilan taqoslang.

Internetdan kompaniyaning rasmiy saytini ko’zdan kechirish va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida boshqa odamlarning baholarini tekshirish

Har bir ishonchli kompaniyaning o’z web sahifasi va Ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari mavjud bo’ladi.

Siz uy xarididan oldin albata kompaniyaning web sahifasi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni tekshirish shart. Bu sizga kompaniya haqida tasurot olish va boshqa insonlarning fikirlarini bilishingiz mumkin.

Yuqoridagi tafsiyalarga amal qilgan xolda siz nafaqat o’zingizni ortiqcha asab buzarlikdan va ma’blaglaringiz kavolatiga ega bo’lasiz.

ПОСМОТР
БЛИЗКО