Navoiy Ishonch Gilam
loading...
NIG

Suv tejovchi yomg’irlatib sug’orish texnalogiyasi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5264-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida hozirda O’zbekistonda yagona Navoiy viloyatida joylashgan Yomg’irlatib sug’orish tizimlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.

O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida respublikamizdagi barcha ekin maydonlarini bosqichma-bosqich suvni tejovchi yangi texnalogiyalarga o’tish to’g’risida ko’rsatmalar berildi. NIG kompaniyasi O’zbekistonda birinchilardan bo’lib suvni tejovchi Yomg’irlatib sug’orish(sprinkler) tizimlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Hozirda yiliga 10 ming gektar sug’orish maydonlarini yomg’irlatib sugorish bilan taminlash uchun uskunalar ishlab chiqarilmoqda.

Yomg’irlatib sug’orish nafaqat suvni tejabgina qolmay ekinlarni hosildorligini oshiradi. Tizimni bir joydan boshqa joyga ko’chirish ham mumkin va bu ortiqcha qiyinchilik tug’dirmaydi. Yomg’ir bilan sug’orish – qisqa muddatli, lekin tez-tez sug’orish usuli bo’lib, tabiiy yomg’irga yaqin sug’orish sharoitlarini ta’minlaydi. Ishlash prinsipi: nasos yordamida suv quvurlari tizimi orqali yetkazib beriladi va purkagichlar yordamida oqim tomchilarga bo’Iinadi va havoga purkaladi.O’simliklarni sug’orishda mayda tomchilar ko’Imak hosil qilmasdan, erni siqmasdan va asta-sekin tuproqqa singib ketmasdan cho’ktiriladi.

Bizning barcha maxsulotlarimizni mahsus sahifamiz shop.nig-group.uz web sahifasidan buyurtma berish imkoniyati mavjud.

ПОСМОТР
БЛИЗКО