Navoiy Ishonch Gilam
loading...
NIG suv muammosi

O’zbekistonda qishloq xo’jaligida suv muammosi va uning yechimi

Markaziy Osiyo xususan, O‘zbekistondagi suv va unga aloqador muammolar nafaqat mintaqaviy, balki global ahamiyat kasb etayotgani hech kimga sir emas. Mazkur masala bo‘yicha chuqur ilmiy asosga ega tadqiqotlar ham bajarilmoqdaki, ular orasida o‘zbekistonlik olimlarning ham borligi quvonarli deb yozadi kun.uz nashri.

Germaniya yer tadqiqotlari markazi tadqiqotchisi Abror G‘ofurov o‘z ilmiy faoliyatini Markaziy Osiyodagi suv muammolariga bag‘ishlagan olimlardan hisoblanadi. 

Uning aytishicha:

«Suv resurslaridan optimal darajada foydalanishda ilm-fan yutuqlariga tayanish zarur»

— O‘zbekiston o‘z rivojlanish yo‘lida bir necha masalani maqsad qilib qo‘yar ekan, suv muammolariga yechim topish ularning ichida ham eng birinchi o‘rinda turadiganlaridan deyish mumkin. Chunki o‘lkamiz qurg‘oqchil hududlar qatoriga kirib, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishda katta salohiyatga, layoqatga ega, tabiiyki, bu suvsiz amalga oshmaydi.

Bu yerlarning unumdor qismi sug‘oriladigan yerlarga to‘g‘ri keladi. Ular esa hozirda eskicha sug‘orish usulida sug‘orib kelinmoqda. Yo‘qotishlarni raqamlarda aytadigan bo‘lsam, daryodan olinayotgan suvning taxminan 50-60 foizi dalaga, o‘simlikka yetib borguncha bug‘lanish yo‘q bo‘lib ketadi deydi Abror G’afurov.

NIG kompaniyasi aynan suv resurslaridan oqilona foydalanish uchun o’zining Navoiy viloyatida yagona Yomg’irlatib sug’orish tizimini keng tadbiq etmoqda. Bu nafaqat suv tejamkorligini, havoga bug’lanib ketadigan suvni sezilarli darajada kamaytiradi va paralel ravishda qishloq xo’jaligi ekinlarini yaxshi o’sishini taminlaydi va o’z o’zidan hosildorlik ham ortadi.

Hozirda NIG kompaniyasida Yomg’irlatib sug’orish tizimining barcha uskunalari ishlab chiqarilmoqda va dexqonlarimizga yetqazib berilmoqda. Siz ham yangi agro sug’orish texnikasi bilan dexqonchilikning yangi darajasini kashf eting.

ПОСМОТР
БЛИЗКО