Navoiy Ishonch Gilam
loading...
NIG Group

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni!

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganiga 30 yil to‘ldi. Aytish joizki, o‘tgan davr mobaynida professional Milliy armiyamiz shakllandi. Uning safida bo‘lish har bir er yigit uchun chinakamiga faxr-iftixorga aylandi.

Qutlug‘ sana munosabati bilan NIG jamoasi vatanimiz sarhadlarining daxlsizligini saqlayotgan, shuningdek, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi uchun kamarbasta bo‘lishga tayyor barcha hamyurtlarimizni samimiy muborakbod etadi. 

Vatan taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lida astoydil mehnat qilayotgan Siz azizlarning har biringizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr va farovon hayot tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

No Comments

Оставить комментарий

ПОСМОТР
БЛИЗКО